Qo‘qonda Gentra olib berishni va'da qilib, fuqaroni katta pulga «uxlatgan» shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 10:47 / 10.08.2020 2799

Qo‘qon shahrida firibgarlik bilan bog‘liq voqea ro‘y berdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar qilgan, deb yozmoqda Postda.

Xabarda aytilishicha, shu shaharda yashovchi fuqaro U.M. tanishi M.Z.ning avtomashina olish niyati borligini payqab, darrov nayrang to‘qiydi. Unga kredit shartnomasi asosida Gentra rusumli avtomashina olishni taklif qilib, qop-qop va'dalar beradi.

Sodda yigitning ishonchiga kirgach, boshlang‘ich to‘lovi uchun 4.500 AQSh dollari to‘lashini aytib, avtomashina fotosuratini ko‘rsatib, kelishuv uchun 500 AQSh dollari va 10.000.000 so‘m miqdoridagi pulni qurtday qilib sanab oladi. U.M bergan va'dasini unutib, aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Jabrlanuvchi aldanganini payqab, ichki ishlar organiga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: