«Mahalla» fondining Telegram'dagi so‘rovnomasi tanqidga uchradi

Jamiyat 15:28 / 10.08.2020 7030

 

So‘rovnomada obunachilardan «Mahalla» hayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan rozimisiz?» degan savolga javob berish so‘ralgan.

Respondentlar tanlashi uchun qo‘yilgan javob variantlarining barchasi deyarli bir xil mazmunda ekani e'tiborga molik: «Ha, roziman», «Albatta, roziman», «Tashkil etganlarga rahmat», «Fond tizimidagi xodimlarga rahmat».

So‘rovnoma joylangach tez orada ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab bo‘lib, tanqidga uchrashi ortidan kanaldan o‘chirildi. Ko‘p o‘tmay kanalning o‘zi ham o‘chirib yuborildi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga tushgan mablag‘lardan 2 milliondan oshiq fuqaroga turli shakllarda yordam ko‘rsatilgan.

«Mahalla» jamoat fondining 502 nafar foydalanuvchisi bor Telegram-kanalda bunday so‘rov o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad ham tushunarsiz qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: