“Formula-1”ning 70 yilligiga bag‘ishlangan poygada Maks Ferstappen g‘alaba qozondi

Sport 00:21 / 10.08.2020 1361

“Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen “Formula-1” poygalarining joriy mavsumdagi 5-bosqichi - 70 yillik gran-prisida g‘alaba qozondi. Poyga Britaniyadagi “Silverstoun” avtodromida bo‘lib o‘tgan. Aynan shu trassada 1950 yil mayida “Formula-1” tarixidagi ilk poyga bo‘lgan.

“Bu yerda g‘alaba qozonish – aqlbovar qilmas natijadir. Hammasi yaxshi kechdi va men juda baxtiyorman. Hozircha bizda barcha poygalarda “Mersedes”dagi raqiblarga bosim o‘tkazish imkoniyati bo‘lmayapti. Men bosim o‘tkazishga harakat qildim, natijada raqiblar boksga ketishlariga to‘g‘ri keldi, men esa bir maromda ketdim”, deb aytgan Ferstappen.

2-o‘rinni “Mersedes” a'zosi, amaldagi chempion Lyuis Xemilton, 3-o‘rinni jamoaning yana bir a'zosi Valtteri Bottas egallagan.

22 yoshli poygachi uchun ushbu g‘alaba joriy mavsumdagi birinchi va “Formula-1”dagi 9-g‘alabasi bo‘ldi. U bundan avvalgi g‘alabasini 2019 yil 17 noyabrda Braziliya gran-prisida qo‘lga kiritgan. 

5-turdan keyin poygada Xemilton 107 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. 2-o‘ringa Ferstappen (77 ochko) ko‘tarilib olgan, 3-o‘rinni esa Bottas (73 ochko) egallamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: