Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs transport vositasini olib qochdi va YTHga uchradi

Jamiyat 08:33 / 10.08.2020 6885

2020 yilning 3 avgust kunidan 4 avgust kuniga o‘tar kechasi 23 yoshli A.O. voyaga yetmagan tanishlari 17 yoshli A.T., 17 yoshli D.X. va 15 yoshli B.S. bilan birgalikda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida joylashgan yashash xonadonida spirtli ichimlik iste'mol qilishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, D.X. va B.S. ko‘chaga chiqib ketishgan, A.T. esa xonadon egasi A.O.ning uxlab qolganligidan foydalanib, Lacetti rusumli avtomashinasini qo‘riqlov pulti orqali ochib, avtomashinani boshqarib, yaqin atrofda bo‘lgan B.S. va D.X.ni avtomashinaga chiqarib, qonunga xilof ravishda olib qochib ketgan.

So‘ng, A.T. spirtli ichimlik ta'sirida ushbu avtomashinada Beshariq tumani, Yakkatut qishlog‘i hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomonida bo‘lgan daraxtga urilib to‘xtagan.

Natijada A.T., B.S. va D.X. hodisa joyida yengil tan jarohatlari olib, hodisa joyidan qochib ketishgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida Lacetti rusumli avtotransport vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: