Atrof-muhit uchun xavfli yirik zavodlarga oid davlat dasturi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston 20:43 / 10.08.2020 6882

10 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini saqlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda ekologik nazoratni kuchaytirish masalasiga ham e'tibor qaratildi.

«Ayrim zavodlar havoga me'yordan ortiqcha tashlanma chiqarib, atrof-muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bunday holatlar fuqarolarning haqli e'tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga havo ifloslanishini tezkor tahlil qiladigan mobil laboratoriyalar bilan har bir hududni ta'minlash topshirig‘i berildi.

Bosh vazir o‘rinbosariga atrof-muhitga yuqori va o‘rta xavfli 240 ta yirik sanoat korxonasida zamonaviy lokal tozalash inshootlarini o‘rnatish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yig‘ilishda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyati hamda viloyat hokimlarining hisoboti eshitilgan.

Ko‘proq yangiliklar: