Viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, bugun Pop temir yo‘l vokzalida «Samara–Buzuluk–Toshkent–Pop» yo‘nalishi bilan Rossiyadan olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik kutib olindi.
Ular shu joyning o‘zida Pop tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan dezinfeksiyadan o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni Mash Youtube-kanali Rossiya-Qozog‘iston chegarasida joylashgan migrantlar vaqtinchalik lagerlarida bo‘lib, lagerda yashayotgan yuzlab o‘zbekistonliklar yordam so‘rayotgani haqida xabar bergandi.
6 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Samara va Orenburg oblastlarida, Qozog‘iston bilan chegaradan o‘ta olmay to‘planib qolgan 2 ming o‘zbekistonlik maxsus poyezdlarda O‘zbekistonga olib kelinishi ma'lum qilindi.
Ma'lumot uchun, Pop tumanida qurib bitkazilgan karantin zonasi 1200 kishiga mo‘ljallangan.