Abdulla Aripov raisligidagi videoselektorda Rahmat Mamatov, Azizbek Ikromov va Botir Parpiyevga hayfsan berildi

O‘zbekiston 17:24 / 08.08.2020 72439

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, yig‘ilishda tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. 

Ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, vazir o‘rinbosarlari Azizbek Ikromov va Botir Parpiyevga hayfsan e'lon qilindi.

Avvalroq, bosh vazir raisligida videoselektor o‘tkazilayotgani, ayrim mahallalar raislari keskin tanqid qilingani xabar berilgandi.

Hukumat rahbari moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarga respublika budjetidan ajratilgan bir martalik moddiy yordam pullarini tarqatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim mahallalar raislarining qilmishini keskin tanqid qildi.

Bosh vazir buni hech qaysi mezon bilan oqlab bo‘lmasligini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: