AQSh maxsus xizmatlari: Rossiya saylovda Baydenga to‘sqinlik qilmoqchi, Xitoy esa Trampga

Jahon 11:37 / 08.08.2020 10022

AQSh kontrrazvedkasi va xavfsizligi milliy markazi direktori Uilyam Evanina so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy AQSh prezidenti saylovi natijalariga «ta'sir qilishga urinmoqda», bunda Moskva demokratlar nomzodi Jozef Baydenga qarshi bo‘lsa, Pekin Oq uyning hozirgi rahbari Donald Trampning qayta saylanishiga to‘sqinlik qilmoqchi. 

Uning ta'kidlashicha, Rossiya go‘yo «birinchi navbatda sobiq vitse-prezident Jozef Baydenni qoralash bo‘yicha choralarni ko‘rmoqda», chunki Moskva uni «aksilrossiya isteblishmenti» vakili deb hisoblayapti. 

Pekin esa Trampning «tuturiqsiz» ekanidan bezib ketgan, shu tufayli saylovdan oldin «Qo‘shma Shtatlarda siyosiy muhitni shakllantirish maqsadida o‘z ta'sirini kengaytirib», respublikachining qayta saylanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, amerikalik siyosatchilarga bosim qilmoqchi.

O‘z navbatida Rossiya va Xitoy 2020 yil 3 noyabr kuni o‘tkaziladigan saylovda AQSh prezidenti bo‘ladigan har qanday nomzod bilan o‘zaro hamkorlikka tayyor ekani haqida bir necha marotaba bayonot berishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: