U Starlink tarmog‘ining 57ta sputnigi va BlackSky kompaniyasining 2ta sputnigini yer orbitasiga chiqarishi lozim. Bu Falcon 9 raketa-tashuvchisining shunday missiyani o‘ninchi marotaba amalga oshirishidir.
Starlink tarmog‘i butun dunyo aholisini internet bilan ta'minlashni maqsad qilgan. Bu yer atrofidagi orbitada 500 kg vaznli juda ko‘p kichik sputniklarni joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Aloqa tizimi aholini 1 Gbit/s tezlikda internet bilan ta'minlaydi. Bu esa 5G aloqa formati bilan barobardir.
Birinchi bo‘lib yuqori tezlikdagi internetga 2020 yil oxirida AQSh janubi aholisi ega bo‘ladi.
Barcha sputniklarni orbitaga chiqarish uchun kompaniya 10 milliard dollar sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq, 2019 yilda SpaceX fazoga 60ta sputnikni uchirgan edi. Dasturga ko‘ra ularning soni 4,5 mingga yetishi kutilmoqda.