Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironlar, yolg‘iz keksalar, bevalar, nochor oilalar... «Temir daftar»ga kimlar kiritiladi?
«Temir daftar»ga kiritiladigan muhtojlar qanday aniqlanadi? Ehtiyojmand oilalarga faqat moddiy yordam beriladimi? Ro‘yxatga kiritilgan oilalar qachon undan chiqariladi? Mushtariylarimizdan kelib tushayotgan shu kabi dolzarb savollarga ushbu maqolada javob beriladi.

Foto: Buxoro viloyati xalq qabulxonasi matbuot xizmati
«Temir daftar» – bu oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan «Saxovat.argos.uz» dasturi. Ushbu dasturga ijtimoiy ahvoli hamda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan, sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan olingan oilalar kiritib boriladi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘irlashgan oilalarning bandligini ta'minlash orqali ularga daromad manbai yaratishning «Vaqtinchalik tartibi»ga asosan «Temir daftar»ga kiritilgan ehtiyojmand oila a'zolariga ish topib berish, ularning doimiy daromadli bo‘lishiga ko‘maklashish choralari ko‘riladi.
Ehtiyojmand oilalarga quyidagi shakllarda yordam ko‘rsatiladi:
– moddiy yordam berish;
– ish bilan ta'minlash;
– tadbirkorlikka yo‘naltirish.
Ro‘yxatga ehtiyojmand oilalarning quyidagi toifalari kiritiladi:
– oilaning mehnatga layoqatsiz nogironlari va surunkali kasallikka chalinganlar;
– yakka-yalg‘iz keksalar, bevalar va o‘zgalar qaramog‘iga muhtojlar;
– 5 va undan ortiq farzandi bor oilalar;
– karantin choralari natijasida daromad manbaini yo‘qotganlar;
– haqiqatda ehtiyojmandlar, nochor va moddiy ko‘makka muhtojlar.
«Temir daftar»ga kiritish va chiqarish tartibi:
Sektor rahbarlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, sektor a'zolari bilan birgalikda uyma-uy yurib oilalarning moddiy va turmush sharoitini har tomonlama o‘rgangan holda sektor kotibi tomonidan «Saxovat.argos.uz» elektron bazasiga kiritiladi.
Sektor rahbarlarining tavsiyasi hamda oila boshlig‘ining bu to‘g‘risidagi yozma murojaati asosida tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi qarori asosida «temir daftar»dan chiqariladi.
«Temir daftar»dan chiqarish va ularning o‘rniga yangi oilalarni kiritish bo‘yicha ma'lumotlar kunlik yangilab boriladi.
Pandemiya davrida davlat tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga quyidagi hajmda moddiy yordam ko‘rsatilishi rejalashtirilgan:
Respublika budjetidan (Qurbon hayiti arafasida) – 150 mlrd so‘m – 150 mingta oila;
«Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati doirasida – 132 mlrd so‘m – 234 mingta oila;
6038-sonli prezident farmoniga asosan – har bir jon boshiga 220 so‘mdan – 401 mingta oila;
«Vaqf» xayriya jamoat fondidan – 150 mlrd so‘m.
2020 yil iyul-dekabr oylarida bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 192053 nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta'minlash uchun 433,4 mlrd so‘m yo‘naltirilishi kutilmoqda. Jumladan:
jamoat ishlariga jalb qilish orqali – 102659 nafar 231,3 mlrd so‘m;
qishloq xo‘jaligi kooperativlarga subsidiya ajratish orqali – 19843 nafar 44,2 mlrd so‘m;
shaxsiy va dala tomorqa xo‘jaliklariga subsidiya ajratish orqali – 28482 nafar 130 mlrd so‘m;
tadbirkorlik faoliyatiga subsidiya ajratish orqali – 13001 nafar 11,5 mlrd so‘m;
28068 nafar fuqaro – 16,3 mlrd so‘m miqdorida ishsizlik nafaqasi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

20:26 / 26.07.2024
Mehnat migrantlari oilalariga moddiy yordam ajratiladi - asosiy savollarga javoblar

09:50 / 13.06.2024
Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni olish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

11:10 / 15.11.2023
“Kartoshka puli”: u kimlarga va qanday asos bo‘yicha beriladi?

17:49 / 03.11.2023