«MuzA»dan pitssa uchun yarim tayyor asosni xarid qilib, uyingizda italyancha pitssa tayyorlang!

Jamiyat 18:00 / 07.08.2020 10236

Oramizda haqiqiy italyancha pitssa ishqibozlari bormi? Ajoyib pitssani ajoyib pitsseriyada tanovul qilaman desangiz, ma'qul pitsseriyaning o‘zi kam, bori ham, afsuski, yopiq. Uyga buyurtma qilsangiz sovib qoladi, qolaversa, yo‘lkirasi bor. 

Shularni inobatga olib, «MuzA»dan navbatdagi mutlaqo yangi mahsulot taklifi – pitssa uchun yarim tayyor asos. Ustiga sousini surting, uyingizda bor mahsulotlar bilan boyiting va qizib turgan pechda 6-8 daqiqa pishirib oling. 

Biz taklif qilayotgan asos haqiqiy italyancha an'analarga ko‘ra, tosh ustida pishirilgani uchun tagi qarsildoq, usti esa yumshoq bo‘lib, sizga yoqishi aniq!

Hoziroq atigi 9.900 so‘mga 2 dona asosni xarid qiling va mazasidan hayratlaning!

Ha, aytgancha, tomatli sous – bu pitssaning yuragi!

Tayyor ketchuplar esa pitssa uchun unchalik to‘g‘ri kelmaydi. 

Italiyada ishlagan nemis mutaxassisi Detlev Diyervald o‘rgatgan retseptni siz bilan bo‘lishmoqchimiz. 

Ushbu retseptga ko‘ra, 2 dona pitssaga tomat sousi uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • pishgan shirin pomidorlar - 3 dona; 
  • ta'bga ko‘ra, tayyor ziravorlar - nim to‘la choy qoshiqda; 
  • yangi yoki quritilgan petrushka - yarim bog‘; 
  • yangi yoki quritilgan rozmarin shoxchasi - 1 dona;
  • tuz; 
  • ta'bga ko‘ra, sarimsoq va qizil garmdori. 

Sousga solinadigan pomidorlar po‘stini artib tashlang. Pomidorlarni qaynoq suvga 1-2 daqiqa solib qo‘ysangiz, po‘sti oson artiladi. Pomidorlarni blender bilan maydalab yuboring. Hosil bo‘lgan pomidor sharbatiga ziravorlar, petrushka, rozmarin, tuz va sarimsoqni solib, 10-12 daqiqa past olovda qaynating. Agar sous achchiqroq bo‘lishini xohlasangiz, qizil garmdori ham qo‘shib qaynating. Sous qaynash jarayonida 30 foizga kamayishi kerak, qaynab quyulib ketishidan ehtiyot bo‘ling. Chunki, sous suyuqroq bo‘lsa, pitssaga surtilganda xamirga shimiladi va pitssa ta'mi ajoyib bo‘lishiga xizmat qiladi. Sousga qora murch solmang. Yaxshisi, qora murchni tayyor pitssaga sepsangiz, hidlari ishtahani ochadi. 

Tayyor pitssaga xushbo‘y zaytun yog‘idan quyib iste'mol qilishni tavsiya etamiz. Xushbo‘y zaytun yog‘i retsepti va yana boshqa foydali maslahatlarni "MuzA"ning ijtimoiy tarmoqlaridan topishingiz mumkin.

Facebook: https://www.facebook.com/uzmuza

Instagram: instagram.com/muza.uzb

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: