Farzand dunyoga kelishi bilanoq, har bir ota-ona uning sog‘lom va barkamol rivojlanishi uchun sharoit yaratishga, yaxshi tarbiya va albatta sifatli ta'lim berishga harakat qiladi. Shubhasiz, bolalarning yoshlikda qanday bilim olishlari ularning kelajak hayoti, obro‘-e'tiborga ega bo‘lishi va mustaqil hayotga moslashishini belgilab beradi.
Ushbu jihatlar IB PYP – dunyo bo‘ylab 125ta yetakchi ta'lim muassasalarida foydalanilayotgan, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun Xalqaro bakalavriat dasturida inobatga olinadi. INVENTO International School bog‘chasida mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim davlat standartlariga mos ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
INVENTO International School bog‘chasida IB PYP dasturi yosh tarbiyalanuvchilarni barkamol rivojlantirish hamda XXI asr uchun ahamiyatli bilimlarni o‘rgatishni ko‘zda tutadi.
Kross-dissiplinar yondashuv
INVENTO ta'lim prinsiplarining asosini kross-dissiplinar yondashuv tashkil etib, unga ko‘ra turli fanlarga oid bilimlar bir mavzu ichida o‘qitiladi. INVENTO International School bolalar bog‘chasida musiqa darslari matematika bilan, ingliz tilida o‘qish soatlari mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari bilan aloqadorlikda olib borilsa, hisoblash mahoratini bolalar astronomiya fanini o‘rganish davomida yuksaltirib boradilar. Ya'ni, turli darslar o‘zaro birlashtirilib yagona, maroqli va bilimlarga boy sarguzasht taqdim etiladi.
Interaktiv ta'lim
Kelajakka yo‘naltirilgan ta'limning har bir bosqichida interaktiv uslublardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda bolalarning tadqiqotchilikka bo‘lgan intilishlari ortadi va ularda yanada ko‘proq savollar uyg‘onib, mustaqil javoblar topishga o‘rganadilar. Natijada, bolalar ularni o‘rab turgan olam haqidagi bilimlarini oshirib, dunyoqarashlarini kengaytiradilar.
Mazkur maqsadlar uchun, bog‘chada to‘liq jihozlangan dars xonalari va zamonaviy dasturiy ta'minot mavjud bo‘lib, bolalarga qiziqarli o‘yinlar shaklida eng ommabop va so‘nggi bilimlarni o‘rganish imkoniyatini beradi.
Ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
INVENTO tarbiyachilari ijodiy dars jarayonlari bolalarga borliq haqidagi bilimlarini oshirish va ularning cheksiz ishtiyoqlarini to‘g‘ri yo‘naltirishda ayni asqotadi degan fikrni ma'qullaydilar. Shu o‘rinda, bog‘chada ijodiy dars xonalari mavjud va tarbiyalanuvchilar u yerda plastilindan shakllar yasash yoki kulolchilik; akvarel bo‘yoqlar, qalamlar va bo‘rlar bilan rasm chizish; rangli qog‘ozdan turli bezaklar yasash; ijodiy fikrlash hamda qo‘llar motorikasini rivojlantirib boradilar. Bundan tashqari, INVENTO bog‘chasida musiqa xonasi hamda teatr sahna ko‘rinishlari uchun mo‘ljallangan faollar zali mavjud.
INVENTO ochilishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda hamda tez orada, barcha tarbiyalanuvchilar yana bog‘chaga kelib, qulay sharoitlarda, Xalqaro bakalavriat dasturining yuqori standartlari bo‘yicha ta'lim olishlari mumkin bo‘ladi.
Batafsil ma'lumot uchun +99871 210 9999 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 4A, Tashkent City XIM
Sayt: www.invento.uz
Telegram: t.me/inventouz
Instagram: @inventouz
Facebook: fb.com/inventouz
Reklama huquqi asosida