Fitch Ratings agentligi «Qishloq qurilish bank» reytingini «Barqaror» deb baholadi

Jamiyat 17:00 / 07.08.2020 1861

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining 2020 yil 3 avgustdagi ma'lumotiga asosan, ATB «Qishloq qurilish bank»ning xalqaro reytingi «BB-/Barqaror» (barqaror rivojlanayotgan moliyaviy muassasasi) darajasida tasdiqlandi. 

Bu - mazkur bank tomonidan erilayotgan yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yana bir xorijiy e'tirofidir.

ATB «Qishloq qurilish bank» o‘z infratuzilmalari tarmog‘i va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish orqali aholini sifatli xizmatlar bilan ta'minlashga intilmoqda. Buning samarasi o‘laroq, mijozlar soni muttasil o‘sib borishiga erishilmoqda.

2020 yilning 1 avgust holatiga bankning umumiy kapitali 2 334,2 mlrd so‘mni tashkil etgani holda yil boshiga nisbatan  888,3 mlrd so‘mga ortdi. Hisobot davriga bankning shakllangan ustav kapitali 1 855,2 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Bankdagi jami depozitlar miqdori 3 301,0 mlrd so‘mni jumladan, qisqa muddatlisi 684,4 mlrd so‘mni, uzoq muddatlisi 2 616,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. E'tiborlisi, yil boshiga nisbatan jami depozitlar miqdori 17,9%ga, uzoq muddatli depozitlar esa 503,3 mlrd so‘mga yoki 24,0%ga oshgan.

Zamonaviy xizmatlarni joriy etish orqali mijozlar ishonchini qozonish kelgusida ham «Qishloq qurilish bank» faoliyatining ustuvor maqsadi bo‘lib qoladi.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: