Sobiq adliya vaziri Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori etib tayinlandi

O‘zbekiston 14:37 / 05.08.2020 12393

Oliy Majlis palatalari Kengashining qarori bilan Otaxonov Foziljon Haydarovich  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qonunchilik palatasi rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Foziljon Otaxonov 1959 yil 18 aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos.

U faoliyati davomida Toshkent shahar xo‘jalik sudi raisi, O‘zbekiston adliya vaziri, Savdo-sanoat palatasi xuzuridagi Xalqaro savdo arbitraj (hakamlik) sudi raisi, prezident davlat maslahatchisi kabi qator lavozimlarda ishlagan.

Ayrim manbalarda Foziljon Otaxonovning adliya vaziri sifatida ishlagan paytlarida (2006 yil dekabrdan 2007 yil dekabrgacha) normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazishni lotin yozuvida olib borishga harakat qilgani aytiladi.

Ma'lumot uchun, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti – Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish, Oliy Majlis faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan ta'minlash, deputat va senatorlar faoliyati samaradorligini oshirish, parlamentning qonun ijodkorligi ishlari sifatini tubdan yaxshilash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Kengashi va Senat Kengashining qo‘shma qarori asosida 2017 yil 29 dekabr kuni tashkil etilgan.

Institutning avvalgi rahbari Rahimjon Hakimov 2019 yilda Toshkent davlat davlat yuridik universitetiga rektor bo‘lib o‘tishi ortidan, muassasa rahbari lavozimi bo‘sh qolayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: