Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni ta'sis etiladi
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini ta'sis etish mo‘ljallanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni ta'sis etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini qoida tariqasida har yili “Xalqaro do‘stlik kuni” – 30 iyul hamda “16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” arafasida topshirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi komissiyasining xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar:
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizom;
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni tavsifi;
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonining guvohnomasi tavsifi tasdiqlanadi.
“Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining buyurtmasiga muvofiq “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini nazarda tutadi.
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan o‘zining jonkuyarligi bilan yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida fidokorona mehnat qilgan, shuningdek xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirishda samarali natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin.
Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi qoida tariqasida har yili “Xalqaro do‘stlik kuni” – 30 iyul hamda “16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
-
Suriyada badaviylar va druzlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Jahon | 20:21
-
Rossiya sudi yozuvchi Boris Akuninni sirtdan 14 yillik qamoqqa hukm qildi
Jahon | 20:19
-
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi
Jamiyat | 20:02
Mavzuga oid

19:55 / 25.09.2023
«Diniy bag‘rikenglik» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

20:25 / 04.09.2023
«Ibratli oila» ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi

11:08 / 18.03.2023
«Mahalla iftixori» ko‘krak nishoni Mahalla tizimi xodimlari kuni arafasida topshiriladi

23:23 / 27.10.2022