O‘zbekiston va Rossiya Markaziy banklari hakerlarga qarshi kurashda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston 08:05 / 05.08.2020 1588

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki o‘rtasida kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

Markaziy bank xabariga ko‘ra, memorandum kompyuter hujumlarining oldini olish va aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratish va tomonlarning axborot xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan ikki mamlakat markaziy banklarining o‘zaro hamkorligini ko‘zda tutadi.

Kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik bank tizimida axborot xavfsizligining tahdidi yuzasidan prognozlarni ishlab chiqish va ogohlantirish strategiyalarining samaradorligini oshirish, kompyuter hujumlarining sabablarini aniqlash, ularga munosabat bildirish va oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq boshqa vazifalarni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: