«Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritiladi

O‘zbekiston 08:46 / 05.08.2020 2845

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli qonuniga ilova 49-band bilan to‘ldiriladi.

Unga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: