Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Artel kompaniyasi Qozog‘istondagi Sulpak bilan hamkorlik qilishni boshladi

Foto: Artel
Dunyodagi og‘ir iqtisodiy vaziyatga qaramay, Artel kompaniyasi muntazam rivojlanishda davom etmoqda va chet el bozorlariga faol kirib bormoqda. Artel korxonasining yangi hamkori – Qozog‘istondagi Sulpak do‘konlar tarmog‘i. Endilikda Artel maishiy texnikasini hamyonbop narxlarda Qozog‘istonning deyarli har qismida xarid qilish mumkin.
Bugungi kunda Artel kompaniyasi yirik maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyoning yetakchi korxonalaridan biridir. Korxona 20 turdan ortiq maishiy texnika ishlab chiqaradi, mahsulotlari esa nafaqat ichki bozorda, balki chet el bozorlarida ham yuqori talabga ega va iste'molchilar tomonidan hurmatga sazovor bo‘lgan. Bugungi kunda Artel mahsulotlari Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Gruziya, Moldaviya, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Tojikiston, Ozarbayjon, hamda Qozog‘iston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. 2019 yilda faqatgina Qozog‘iston Respublikasiga 20 mln AQSh dollari miqdoridan ortiq mahsulot eksport qilingan.
Endilikda Artel mahsulotlari Qozog‘istonda eng yirik texnika va elektronika do‘konlar tarmog‘i hisoblanuvchi Sulpak do‘konlarida sotilmoqda. Sulpak 130 dan ortiq do‘konga ega bo‘lib Qozog‘istonning 38 shahrida, hamda Qirg‘izistonning 2 shahrida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning yillik daromadi deyarli 1 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi, Qozog‘iston bozoridagi ulushi esa deyarli 30% tengdir.
Artel kompaniyasi Sulpak bilan 3 yil muddatga miqdori 30 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan shartnoma imzoladi. Ushbu shartnoma asosida 1 mln AQSh dollaridan ortiq miqdordagi maishiy texnika sotuvga tayyor. Yil davomida esa 8 million AQSh dollari miqdorida mahsulot sotilishi rejalashtirilgan. Ushbu shartnoma bo‘yicha oshxona plitalari, sovutgichlar, kir yuvish mashinalari va elektr suv isitgichlari kabi maishiy texnika eksport qilinmoqda. Yuqorida ko‘rsatilgan raqamlar Artel maishiy texnikasi Qozog‘istonda qanchalik ommabop va yuqori talabga egaligini yaqqol namoyish etmoqda.
Mahsulot sifatini muntazam yaxshilab borish va ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish o‘z mevasini bermoqda. Artel kompaniyasi dadil rivojlanmoqda va yangi bozorlarni zabt etishda davom etmoqda. Yaqin orada kompaniya yana ikki davlat bilan hamkorlik qilishni boshlaydi. Bu qaysi davlatlar ekanini esa yaqin kunlarda bilib olasiz.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi

16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”

21:55 / 23.01.2024
Ochiq muloqot: Maishiy texnikachilar va Otabek Bakirov bahsi

17:40 / 12.10.2022