Sirdaryolik 734 nafar abituriyent harbiy OTMlarga kirish uchun ariza topshirdi

O‘zbekiston 00:50 / 04.08.2020 5991

Ushbu nomzodlarning salomatligi tegishli tarzda tekshirilib, jismoniy va nazariy imtihonlardan o‘tkazildi.

Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, xohlovchilar quyidagi harbiy OTMlarga hujjat topshirishgan:

  • O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti – 30 nafar;
  • Qurolli Kuchlar akademiyasi – 174 nafar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti – 117 nafar;
  • Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandisligi bilim yurti – 295 nafar;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi – 118 nafar.

Tuman (shahar) va viloyat tibbiy ko‘rigi hamda individual-psixologik sifatlarini o‘rganish va jismoniy tayyorgarlik sinovlarining viloyat bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ro‘yxati Davlat imtihonlarini topshirish uchun oliy harbiy bilim yurtlariga yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: