Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokor: Homilador ayollardagi 37,2 daraja isitma ham shifoxonaga yotish uchun ko‘rsatma hisoblanadi
«Homilador ayol 37,2 isitma bilan yurishi mumkin degan fikr o‘rinsiz. Homilador ayollardagi 37,2 bo‘lgan isitma ham shifoxonaga yotish uchun ko‘rsatma hisoblanadi. Chunki bunda nafaqat homiladorning o‘zining ahvoli, balki homilaning ahvoli haqida ham o‘ylash kerak».
«Tez yordam» loyihasining navbatdagi sonida Toshkent shahar 4-sonli tug‘ruq majmuasining homiladorlar patologiyasi bo‘limi mudiri Zarina Igamova homilador ayollarda tana haroratining ko‘tarilishi, ularda koronavirus kasalligining belgilarsiz kechishi, bunday holatda e'tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar haqida aytib o‘tdi.
«Agar kasallik belgilarsiz kechadigan bo‘lsa, kuzatuvni poliklinikadagi vrach olib boradi. Agar homilador ayolda isitma ko‘tarilishi kuzatilsa, bu ayol COVID-19 bilan kasallangan yoki kasallanmagan bo‘lishidan qat'i nazar, statsionarga yuborilishi shart.
Homilador ayol 37,2 darajadagi isitma bilan yurishi mumkin degan fikr o‘rinsiz. Homilador ayollardagi 37,2 bo‘lgan isitma ham shifoxonaga yotish uchun ko‘rsatma hisoblanadi. Chunki bunda nafaqat homilador ayol, balki homila haqida ham o‘ylash kerak.
COVID-19 bilan bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan isitma sababli homiladagi o‘zgarishlar, suvining kamayib ketishi, homilada gipoksiya holatlari ham kuzatilishi mumkin. Virus onaga ozgina ta'sir qilganday bo‘lib, lekin homilaga ko‘proq ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun ham homilador ayol albatta vrach ko‘rigida bo‘lishi kerak.
COVID-19 tashxisi qo‘yilgan homilador ayollar yoki tug‘ib bo‘lgan, ammo tashxisi bor ayollarga hozirda Toshkent shahrida ikkita – 3 va 7-tug‘ruq muassasalari xizmat ko‘rsatyapti», – dedi shifokor.
Avvalroq shtab a'zosi. professor Anvar Alimov ma'lum qilgandiki, koronavirusning homilaga salbiy ta'siri homiladorlikning dastlabki olti oyi, ya'ni homila organlarining shakllanish davrida yuqori bo‘lishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Barno Abdusamadova koronavirusga chalingan, yondosh kasalliklari bo‘lmagan ayollarda umuman o‘lim holatlari kuzatilmaganini ma'lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi
Jahon | 09:09
-
Kouzon corporations O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Microsoft server dasturiy ta’minotiga hakerlar hujumi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:40
-
Germaniya banki O‘zbekistonda biznesni moliyalashtirish loyihasini amalga oshiradi
Iqtisodiyot | 08:32
Mavzuga oid

21:31 / 29.11.2023
Qashqadaryodagi shifoxonada 26 yoshli ayol tug‘uruqdan keyin vafot etdi

18:53 / 24.10.2023
Toshkentda piyodalar o‘tish joyida homilador ayolni urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga 3 yil shartli jazo tayinlandi

20:23 / 04.08.2023
Toshkent shahridagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi

13:53 / 31.01.2023