O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarining viza muddati 1 noyabrga qadar uzaytirildi

O‘zbekiston 08:10 / 04.08.2020 5000

O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarining viza muddati avtomatik ravishda shu yilning 1 noyabr kuniga qadar uzaytirildi

Turizm qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bunda ularga nisbatan hech qanday choralar ko‘rilmaydi, jarima undirilmaydi. Koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 iyulidagi qarorida shu haqida bayon qilindi. 

O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi avia va avtomobil qatnovlari shu yilning 16 martidan boshlab 10 apreliga qadar vaqtinchalik to‘xtatilgan. Keyinchalik ushbu muddat 5 may, 1 iyun, so‘ng 1 avgustga qadar uzaytirilgan edi. 

Yuqoridagi masala bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi (+998712332828, +998 971365151, call center – 1164, telegram: +998971365151)ga hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ishonch telefoni (+998712000088)ga murojaat qilish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: