Janubiy Koreyada kuchli yomg‘irlar 12 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Jahon 09:49 / 04.08.2020 6901

Halok bo‘lganlar orasida Seuldan bir kishi, Kyongido provinsiyasidan 7 kishi va Chxunchxon-Pukto provinsiyasidan 4 kishi bor.

Tabiiy ofat oqibatida 600 dan ko‘proq uyga shikast yetgan, 5 ming gektardan ko‘proq qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan. Falokat hududidan mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan. 

2 avgustdan mamlakatda favqulodda vaziyatlarga javob berishning eng yuqori darajasi amal qilmoqda. Poytaxt Seulda shosselar bo‘ylab va Xangan daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prik orqali harakatlanish to‘sib qo‘yilgan.   

Janubiy Koreya bosh vaziri Chon Se Gyun mamlakat aholisini iloji boricha ko‘chaga chiqmaslikka chaqirgan. U, shuningdek, kommunal va shoshilinch xizmatlarga doimiy shaylik holatida turishni buyurgan. Favqulodda vaziyat tufayli mamlakat prezidenti Mun Chje In o‘z ta'tilini to‘xtatgan.

Ob-havo mutaxassislari vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda: Koreya yarimoroliga janubi-g‘arbiy tomondan kuchli to‘fon yaqinlashmoqda, shu sababli yaqin kunlar ichida kuchli yomg‘irlar to‘xtamaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: