Foto: Sardobada Toshkent shahriga ajratilgan mahallada ta'mirlash ishlari yakunlandi

Jamiyat 15:48 / 04.08.2020 13205

Poytaxt hokimligidan ma'lum qilishlaricha, Qurbon hayiti arafasida mahalla ahliga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan.

«Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rgan Saxovat mahallasi o‘rnida qurilgan Yangi Toshkent mahallasidagi 131ta xonadon egalariga bayram munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi tomonidan 5 kg guruch, 5 kg un, 5 kg shakar, 2 litr yog‘ va 2 kg go‘sht mahsulotlari tarqatildi», – deyiladi xabarda.

Hokimlik qayta tiklangan mahalla suratlarini taqdim etdi. Unda Yangi Toshkent deb nom olgan hududdagi ayrim ko‘chalarga poytaxt tumanlari nomi berilganini ko‘rish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: