Alisher Usmonov rus klubiga homiylik qila boshladi

Sport 00:34 / 04.08.2020 18283

Rossiyalik yirik tadbirkor Alisher Usmonov mamlakatning eng sovrindor jamoalaridan biri TsSKAga homiylik qila boshladi. Bu haqda Rossiyaning «Chempionat» nashrida e'lon qilingan xabarda yozilgan.

Unda aytilishicha, TsSKAning titul homiysiga aylangan «IKS Xolding» kompaniyasi Anton Cherepennikovga tegishli va u 2020 yil yil aprel oyida o‘z kompaniyasi to‘liq Alisher Usmonovga tegishli «USM Holding» ixtiyoriga o‘tishi borasida kelishuvga erishgan. Cherepennikov evaziga Usmonovga tegishli «YueSeM Telekom» kompaniyasining 10 foiz aksiyalariga ega bo‘ladi.

Xabarda Usmonov va TsSKA xo‘jayini Yevgeniy Ginner o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi ekani aytilgan. Ma'lum bo‘lishicha, «armiyachilar»ning ortda qolgan mavsumdagi yetakchisi bo‘lgan Nikolo Vlashich «Everton»dan TsSKAga o‘tishi aynan Usmonovning ko‘magida amalga oshirilgan. Chunki «Everton» xorvatiyalik futbolchini sotishni istamagan. Xabarda «Everton» amalda Usmonov boshqaruvidagi jamoa ekani aytilgan.

Ma'lumot uchun, «Spartak» bilan shartnoma imzolashga yaqin bo‘lgan o‘zbekistonlik Oston O‘runovga TsSKA ham qiziqish bildirgan va «armiyachilar» «Spartak» kabi O‘runov uchun 2 million yevro berishga rozi bo‘lgan. Lekin Oston O‘runov «Spartak» safida tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘ldi va uning transferi shu kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: