Tadbirkorlarni aldagan fuqaro firibgarlikda ayblandi - Tergov departamenti

Jamiyat 12:37 / 03.08.2020 4473

2019 yil 11 may kunidan 2019 yilning 18 oktabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida “O‘zstandart” agentligi respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining sobiq xodimi Yo.T. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi xususiy tadbirkor 32 yoshli S.R. va MChJ menejyeri 25 yoshli D.K.ni aldab, ularga o‘zini go‘yoki hali ham “O‘zstandart” agentligida ishlayotgandek ko‘rsatgan, deb yozmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, u chet eldan O‘zbekiston ichki bozorida savdoga chiqarish uchun olib kelingan mahsulotlarga tegishli ruxsat beruvchi “Muvofiqlik-sertifikat”larini hamda “Sanitariya-epidemiologiya markazi”ning xulosalarini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz qisqa muddatlarda rasmiylashtirib berishini va'da qilgan.

U o‘zining uyida Toshiba rusumli noutbuk elektron xotirasida mavjud bo‘lgan Agentlikning sertifikat namunalarini Paint dasturi yordamida o‘zgartirish yo‘li bilan qalbakilashtirib, bu soxtalashtirilgan ruxsat blankalarini D.Q. va S.R.ga jami 32.700.000 so‘m evaziga sotib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yo.T., JKning 228-moddasi 2-qismi “a” bandi va 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hamda unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha sudga yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: