Joriy yilning 30 iyul kuni soat 01:30larda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Xaqqulobod-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 2-km.da o‘ziga tegishli bo‘lmagan “Matiz” rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi orqali boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u shu vaqtda harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, unga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan velosipedchini urib yuborgan.
Natijada, velosipedchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Biroq, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.
Hozirda holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Hurmatli haydovchilar, yo‘llarda harakatlangan vaqtingizda hushyorlikni yo‘qotmang. Soniya qadar chalg‘ishingiz ham ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin”, - deyiladi xabarda.