Angliyada raqibga ataylab yo‘talgan futbolchilarga qizil kartochka ko‘rsatiladi

Sport 19:32 / 03.08.2020 4190

Yangi mavsumdan boshlab hakamlar raqib o‘yinchisi yoki hakamga qarata ataylab yo‘talgan futbolchiga sariq yoki qizil kartochka ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

Federatsiya bu ishni qasddan qilish qoidabuzarlik hisoblanishi, shunchaki yo‘talgan futbolchilar jazolanmasligini qayd etgan. Shu bilan birga, futbolchilarning golni nishonlash paytidagi ijtimoiy masofani saqlamaganliklari uchun hakamlar javobgar hisoblanmaydi. Qolaversa, ular maydonda tupurgan futbolchini jazolashmaydi.

Yangi o‘zgarishlar Angliyadagi barcha musobaqalar uchun, jumladan, Premer-Liga o‘yinlari uchun amalda bo‘ladi.

APLning yangi mavsumi 12 sentabr kuni boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: