«Vazir bilan gaplashib turibman, tez orada ishga qaytadi deb o‘ylayman» – Habibulla Oqilov

Jamiyat 22:31 / 02.08.2020 11551

«O‘z oti bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lgandan keyin u yerda bizga Covid-19 bilan kasallanganlarni davolamaymiz. Ushbu muassasada yuragida u yoki bu surunkali xastaligi bor odam rejali ravishda bir yilda bir yoki ikki marta albatta davolanishi kerak. Shu jumladan vazirimiz ham.

Bu yerda koronavirus to‘g‘risida gap yo‘q. Men kechayam gaplashdim, bugun ham gaplashdim. Kayfiyatlari yomon emas, yaxshi. Xudo xohlasa 3-4 kun ichida davolanib chiqadilar.

Yurakda yoshga xos bo‘lgan o‘zgarishlar bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar vazirimizdayam, bizdayam bor. Bunday holatlarda rejali muolajalarni olgandan keyin hammasi iziga tushadi. Alisher Shodmonov ham tez orada biz bilan birga yana faol ishlay boshlaydi deb o‘ylayman», dedi Habibulla Oqilov.

30 iyul kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda rejali davolash muolajalarini olayotgani, bemorning ahvoli qoniqarli ekan haqida xabar berilgandi.

Keyinroq bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev zimmasiga Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini vaqtincha bajarish yuklangani ma'lum qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: