Tramp: «Bir kishi AQSh uchun ishlaydi-yu, hamon uni hech kim yoqtirmaydi»

Jahon 09:32 / 01.08.2020 15255

Tramp saylovoldi matbuot anjumanida mamlakat bosh infeksionisti Entoni Fauchi unga bergan yuqori bahosiga hazil bilan javob berdi: «Hech kim meni yoqtirmaydi», deya hazillashdi Tramp. U virusga qarshi kurashni qo‘lga olib, saylovdagi kurashda davom etishini aytdi.

Entoni Fauchi Trampning koronavirusni davolash bo‘yicha asosiy maslahatchisi hisoblanadi. U AQShning bosh infeksionisti sifatida hukumatdagi eng ishonchli insonlardan biri. Ko‘plab amerikaliklar virusdan himoyalanish uchun uning maslahatiga amal qilishadi.

Pandemiya bilan kurashdagi Tramning sa'y-harakatlari 3 noyabrda o‘tadigan prezidentlik sayloviga ta'sir o‘tkazishi tabiiy, deb yozmoqda Reuters. Pandemiyani jilovlay olmaslik bu kurashda Jo Bayden foydasiga ishlashi mumkin.

Fauchining fikri matbuot anjumanida asosiy masalaga aylandi. Tramp uning virusga qarshi gidroksixloroxinni ishlatish mumkin, degan fikrini himoya qildi. Tramp virusning dastlabki bosqichlarida ushbu dorining ish berganini his qilganini aytdi. Ammo juda ko‘p tibbiy ekspertlar gidroksixloroxinni virusga qarshi ishlatib bo‘lmasligini va u yurakka salbiy ta'sir o‘tkazib, boshqa muammolarni keltirib chiqarishini ta'kidlashgan.

O‘tgan oyda Amerika Oziq-ovqat va dori-darmon adminstratsiyasi COVID-19ni davolashda bu doridan foydalanishni rasman man qildi. Bir qancha tekshiruvlar dorining ta'sirchanligi borasida shubhalarni paydo qildmoqda.

Prezident nafaqat Fauchini, balki Debora Briksni virus bilan kurashishda muhim shaxs dedi: «U bizning administratsiyamiz bilan ishlamoqda. Virus borasida erishgan yaxshi natijalarimizga Fauchi, Briks va boshqa shifokorlarning tavsiyalari sabab bo‘ldi. Shunday ekan mening administratsiyam virus bilan jiddiy kurashmoqda deb aytishim mumkin. Shunisi qiziqki, bir kishi Amerika uchun ishlaydi-yu, hamon uni hech kim yoqtirmaydi. Bunaqasi faqat men bilan bo‘lishi mumkin», dedi Tramp.

Fauchi bir necha oydan beri Oq uydagi muhokamalar markazida bo‘lib turibdi. Chunki u prezidentning qaysi fikriga qo‘shiladi va qaysi birini ma'qullamasligini ochiq aytmoqda. Tramp Fauchining Xitoy bilan parvozlarni to‘xtatmaslik taklifini rad etgandi. Prezident pandemiya ko‘lami aniq emasligi sabab uning bu maslahati inobatga olinmaganini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: