“Qo‘lga olinganlarning ko‘rsatmalari turlicha” – Belarus tergov qo‘mitasi “vagnerchilar”ning dastlabki tergovi natijalarini ma'lum qildi

Foto: Ruptly
Tergov guruhi boshlig‘i Aleksandr Agafonovning so‘zlariga ko‘ra, "guruh uyushgan bo‘lib, harbiy standartlar bo‘yicha boshqarilgan".
Belarusda qo‘lga olingan rossiyaliklar aviachiptalari bo‘lishiga qaramasdan Istanbulga uchish niyatida bo‘lmagan. Bu haqda tergov guruhi boshlig‘i Aleksandr Agafonov ma'lum qildi.
"Jinoyatni uyushgan holda tashkil etishda jinoyatchilar o‘zlariga alibi tayyorlashi tabiiy. 25 iyulda Istanbulga uchib ketish uchun aviachiptalari bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining qo‘lga olingan 33 nafar fuqarosi bilan ham ana shunday holat sodir bo‘ldi. Tergovda aniqlanishicha, ularning Istanbulga uchish niyati bo‘lmagan", - dedi u.
Agafonovning so‘zlariga ko‘ra, "guruh uyushgan bo‘lib, harbiy standartlar bo‘yicha boshqarilgan".
"Shaxsiy tarkibni boshqarish maqsadida WhatsApp messenjerida 1.ru guruhi tashkil etilgan", - deb ma'lum qildi u.
Uning aytishicha, "qo‘lga olingan 33 kishining barchasi ushbu guruh ishtirokchilari bo‘lgan".
"Qo‘lga olinganlar himoyachilar ishtirokida so‘roq qilindi. Ularning ko‘rsatmalari turlicha. 11 kishi Venesuelaga, 15 kishi Turkiyaga, ikkitasi Kubaga, bittasi Suriyaga uchmoqchi bo‘lgan. Bittasi esa umuman qayerga ketishini ham bilmagan, uch kishi ko‘rsatma berishdan bosh tortdi", - dedi tergov qo‘mitasi vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "bitta samolyotda turli mamlakatlarga parvoz qilish mumkinligi shubha uyg‘otadi".
Avvalroq Rossiyaning Belarusdagi elchisi Dmitriy Mezensev Minskda qo‘lga olingan Rossiya fuqarolari Istanbulga uchishni rejalashtirgani haqida aytgandi.
Mavzuga oid

17:22 / 25.11.2024
Malida «Vagner»ning bir necha jangchisi o‘ldirildi

15:35 / 25.11.2024
Malida «Vagner» XHKning bir necha yollanma askarlari o‘ldirildi

22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan

20:33 / 18.09.2024