Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlik: «Ishsiz o‘tirgan fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsa, unga alohida subsidiya dasturi bor»
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Erkin Muhiddinov bugun, 31 iyul kuni o‘tkazilgan onlayn brifingda pandemiya paytida fuqarolar bandligini ta'minlash borasida qilingan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, vazirlik fuqarolar bandligini ta'minlash uchun bir qator liniyalarda subsidiya va dasturlarni amalga kiritgan.
«Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan pandemiya davrida ishsiz va moddiy mablag‘siz qolgan aholi vakillariga shaxsiy tomorqasini rivojlantirish, mavsumga mos tarzda issiqxona tashkil qilish yoki sug‘orish vositalari o‘rnatish uchun subsidiyalar berilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida shu paytga qadar 25 ming fuqaro ish bilan ta'minlangan.
Bundan tashqari, yangi boshlangan qishloq xo‘jaligida kooperativ harakati bo‘yicha har bir kooperativga 50 nafar ishsiz fuqaro ishga olinmoqda. Bu orqali ham hozirga qadar 15 ming nafar fuqaroni ish bilan ta'minladik.
Pandemiya davrida ish topolmayotgan yoki moddiy mablag‘siz qolgan aholi vakillariga yana bir imkoniyat: hozir tadbirkorlik boshlash uchun katta subsidiyalar ajratyapmiz.
Ishsiz o‘tirgan fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istasa, unga alohida subsidiya dasturi bor. Bunda biz o‘sha fuqaroni tadbirkorlikka o‘qitish, tadbirkorligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikda yuzaga keladigan turli xavf-xatarlarni sug‘urtalash pulini to‘lab berish kabi xarajatlarni zimmamizga olyapmiz.
Fuqarolar vazirligimizning internet saytidan, shuningdek, hududiy bo‘limlariga uchrashgan holda barcha ma'lumotlarni olishi va foydalanishi mumkin.
Biz shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tgan ishsiz fuqaro o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lsa, ularga binolarning ijara pulini to‘lab berish kabi yordamlarni ham ko‘rsatmoqdamiz», – dedi Muhiddinov.
Vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, pandemiya davrida aholi bandligini ta'minlash uchun Jamoat ishlari va Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armalariga 0,5 trln 500 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sharof Rashidov tumani hokimi pora bilan ushlandi
O‘zbekiston | 20:32
-
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi
Jahon | 20:28
-
Litva va Finlandiya piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqaradi
Jahon | 20:09
-
Tramp Putinga nisbatan ritorikasini keskinlashtirmoqda, Kreml bunga «bosiqlik» bilan qaramoqda
Jahon | 20:09
Mavzuga oid

13:15 / 07.06.2025
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi

13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

15:58 / 12.05.2025