Farg‘onada sement olib berishni va'da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 10:05 / 30.07.2020 3808

2019 yilning noyabr oyida 43 yoshli O.Yu. tanishi 33 yoshli I.K. bilan Farg‘ona shahar Aeroport ko‘chasida uchrashgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha u I.K.ga “Bekobod-Tsement” AJdan sement mahsulotlarini arzon narxda olib berishni yolg‘ondan aytib, jami 137.000.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: