Farg‘ona viloyatida «mini eksport bozori» ish boshladi

Jamiyat 22:42 / 30.07.2020 24369

Mahalliy tadbirkorlar hamda uyushma ko‘magida ochilgan ushbu bozorda qishloq xo‘jaligi va meva sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi. 

Bu orqali eksportchi yoki brokerlar kunlab vaqt sarflamasdan kerakli miqdordagi mahsulotlarni bir necha soat mobaynida shu yerning o‘zida yig‘ib olishi mumkin bo‘ladi. 

«3 gektarli maydonda tashkil qilingan bozorda eksportyor, broker hamda bevosita dehqonning o‘zi ham ishtirok etishi mumkin. Yani bog‘bonlarning o‘zi ham xorijiy xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi ishlarini amalga oshiraveradi. 

Bozorda 100 kilogrammdan boshlab cheklanmagan miqdorgacha mahsulot eksport qilish mumkin. Xozirda Rossiya, Markaziy Osiyo, Xitoy va MDH davlatlari tadbirkorlari ushbu platforma xaridorlari bo‘lmoqda», – dedi  uyushma matbuot xizmati rahbari Fotima Qo‘chqorova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Ma'lum qilinishicha, eksport bozori har kuni soat 19:00 dan 01:00 ga qadar ishlaydi. 

Shuningdek, avgust oyi boshlarida Qo‘qon shahrida ham tekstil mahsulotlari eksportiga mo‘ljallangan bozor ochilishi kutilmoqda. 

Unga ko‘ra, logistika eksportyor uchun ushbu savdo hududining o‘zidan xorijga chiqib ketishiga moslashtirilmoqda. Yani bozor xududida joriy qilingan terminal orqali bojxona xizmatlari ham shu yerning o‘zida ko‘rsatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: