Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosovning ma'lum qilishicha, joriy yil 31 iyul, 1-2 avgust hamda 8-9 avgust (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, ya'ni avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.
Ta'kidlanishicha, mazkur cheklov maxsus ruxsatnomalar asosida harakatlanadigan avtotransport hamda Maxsus komissiyaning joriy yil 8 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan avtotransport vositalari harakatlanishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
«Hurmatli fuqaro, sizning holatingizda, qilayotgan savobli ehsoningizni karantin qoidalariga rioya etgan holda, mahallangiz raisi va faollari hamkorligida hamda yordamida o‘zingiz yashayotgan mahalla xududida amalga oshirishingiz maqsadga muvofiq», - deydi G‘iyosov.
Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali fatvo hay'atining karantin sharoitida qurbonlik keltirish tartibi haqida batafsil ma'lumot bergandi.