Guliston shahriga olib kiruvchi yo‘nalish karantin munosabati bilan vaqtincha o‘zgarmoqda

Jamiyat 15:25 / 29.07.2020 5702

Guliston shahriga kiruvchi transport vositalari oqimi karantin cheklovlari vaqtida ko‘payib ketishi natijasida xalqaro ahamiyatdagi M34-yo‘lining 117-kilometrida joylashgan, Guliston shahriga olib kiruvchi va chiquvchi yo‘l o‘tkazgich ko‘prikka chiqish qismida transport vositalarini tirbandligi kuzatilmoqda. 

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shahar markaziga kirish istagida bo‘lgan haydovchilar M34-yo‘lining "Toshkent-Termiz" yo‘nalishida to‘liq harakatlanib kelishlari natijasida yo‘lning ushbu qismi to‘silib qolib, mazkur yo‘ldan tranzit tartibda o‘tib ketuvchi transport vositalarining ham ko‘p vaqt ushlanib qolishiga olib kelmoqda.

Shu sababli, viloyat maxsus komissiyasining qaroriga asosan, joriy yilning 29 iyul kuni soat 17:00dan boshlab M34-yo‘lining "Toshkent-Guliston" yo‘nalishida Guliston shahriga kirish, ya'ni yo‘l o‘tkazgich ko‘prikka olib chiquvchi yo‘l transport vositalari uchun to‘liq yopiladi. 

Qayd etilishicha, Guliston shahriga transport vositasi orqali kirib kelish faqatgina Mirzaobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi (mol bozor) 4R-18A va 4R28A avtomobil yo‘llari orqali ruxsat etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: