Federatsiyalar va sportni rivojlantirishga mas'ul tashkilotlar hamkorligi kuchaytiriladi

Sport 08:30 / 29.07.2020 1520

Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar va sportni rivojlantirishga mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Sportni rivojlantirishga mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Belgilanishicha:

sportni rivojlantirishga mas'ul tashkilotlar va sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) terma jamoalar sportchilarini tayyorlashda va ularning tibbiy ta'minotiga yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta'minlashda, ushbu sohada kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmni shakllantirishda;

sport ta'limi muassasalari va sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)ning milliy terma jamoalar tayyorlash sohasida mavjud moddiy-texnika bazasidan oqilona foydalanishda, turli darajadagi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda, tayyorlash va musobaqalarda qatnashishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishda;

sportchilarni sport ta'limi muassasalariga qabul qilish, milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibiga, shuningdek, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan, sportning muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun zarur sport ko‘rsatkichlariga va yuqori mahoratli sportchilar salohiyatiga ega bo‘lgan istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya)da o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) moddiy-texnika bazasini yaxshilash, hududiy terma jamoalarni tayyorlash, mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish, sportchilarni saralash (seleksiya), tayyorlash va musobaqalarda qatnashishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilaydi.

Sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar va sportni rivojlantirishga mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar va sportni rivojlantirishga mas'ul tashkilotlari faoliyatida quyidagi vositalar orqali umumiy tashkiliy-kadrlar bo‘yicha o‘quv-metodik va ilmiy yordam ko‘rsatishlari mumkin:

Oliy sport yutuqlari bo‘yicha:

ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda o‘quv-mashq jarayoniga eng yangi ilmiy-metodik texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan nazariy va texnik-taktik tayyorgarligi sifatini muntazam ravishda oshirish;

o‘quv-mashq jarayoniga federatsiya (uyushma)larning kadrlar va ilmiy-metodik salohiyatini jalb etish;

o‘quv-metodik va ilmiy-metodik kompleksini ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi sport mutaxassislari, shu jumladan olimlar, o‘qituvchilar, psixologlar, vrachlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqalar orasidan kompleks ilmiy guruhlar tashkil etish;

xorijiy sport tashkilotlari bilan trener-o‘qituvchilar va sportchilarning professional darajasini oshirish uchun tajriba almashish bo‘yicha xalqaro sport hamkorligini rivojlantirish;

sportchilar o‘rtasida seleksiya ishlarini amalga oshirish, shuningdek ularni sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar tarkibiga shakllantirish;

sport turlari bo‘yicha sportchilar, trenerlar va sport hakamlarini tegishli razryadlar va unvonlar berish uchun tanlash va tavsiya etish;

sport turlari qoidalariga o‘zgartirishlar bo‘yicha, shuningdek yuqori mahoratli sportchilar tayyorlashning zamonaviy metodlari bo‘yicha axborotlardan foydalanish;

sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish, shuningdek, sportda boshqa noxush hodisalarning paydo bo‘lishiga qarshi kurashish.

Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha:

Sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar ommaviy sportni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;

fuqarolarning jismoniy rivojlanishiga individual rag‘batlantirish asosida jamiyatda o‘zini tutish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tadbirlarida ishtirok etish;

xalqaro sport maydonlarida o‘zbek sportining mavqeyini mustahkamlash va obro‘sini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va takomillashtirishda qatnashadi.

sportning eng yuqori yutuqlari va olimpiya tayyorgarligi muammolari bo‘yicha ilmiy va amaliy tadqiqotlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadilar.

Ko‘proq yangiliklar: