Xiaomi simsiz quloqchinlar saqlanadigan birinchi smartfonni ishlab chiqarmoqchi

Fan-texnika 19:14 / 28.07.2020 4931

Uskunaning o‘ziga xos xususiyati shuki, yuqori qismida simsiz quloqchinlar uchun mo‘ljallangan maxsus joy bo‘ladi. Unga joylashtirilgan quloqchinlar har doim quvvatlantirilib turiladi. Bu bilan kompaniya quvvatlantiruvchi alohida futlyardan to‘liq voz kechish ustida ishlamoqda. Bu esa mijozlar uchun juda qulay bo‘lishi mumkin. 

Quloqchinlar ham o‘ziga xos dizaynga ega, yuqori qismi buraladigan shaklda bo‘ladi. Uni burab, quloqqa taqiladigan shaklga keltirish yoki smartfon korpusiga joylashtirish mumkin.

Quloqchinlar Bluetooth kanal orqali ulanadi. Shuningdek unda tobora ommalashib borayotgan shovqinbostirish tizimi ham bo‘ladi. 

Qayd qilish joizki, ishlab chiqaruvchilar zamonaviy smartfonlarning noziklashib borayotgani, undagi elementlar zich joylashgani sababli, hatto 3,5 mm raz'yom uchun joy qolmayotganidan shikoyat qilib kelishayotgan edi. Bu muammoni Xiaomi qanday hal qilishi qiziq.

Ko‘proq yangiliklar: