Qualcomm Quick Charge 5 quvvatlagichi Android operatsion tizimida ishlovchi smartfonlar uchun mo‘ljallangan. Bu haqda kompaniya bayonotida ma'lum qilingan.
Yangi quvvatlagich avvalgi avloddagi modelga nisbatan 4 marta kuchliroqdir. Undan Snapdragon 865 va Snapdragon 865+ protsessorlarida ishlovchi smartfonlar egalari foydalanishlari mumkin.
Ta'kidlanishicha, Quick Charging 5 standartini qo‘llab-quvvatlovchi ilk gadjetlar bozorda 2020 yilning 3-choragida paydo bo‘ladi.