Urganchda nemis tiliga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi
Urganch shahrida nemis tili fanini chuqurlashtirib o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga binoan, 19-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi nemis tilini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirildi.
Maktab 2019 yilda davlat dasturi asosida ta'mirdan chiqarilgan bo‘lib, hozirgi kunda 1425 nafar o‘quvchi ta'lim-tarbiya olmoqda. Unda 97 nafar o‘qituvchi faoliyat yurityapti.
Qayd qilish joizki, Vazirlar Mahkamasi qarorida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilariga xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan birgalikda o‘tkazilgan tanlovlar natijalariga ko‘ra nemis tilini xorijiy til sifatida bilish darajasi bo‘yicha Germaniyaning Test DAF (Test Deutsch als Fremdsprache), fransuz tilidan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha Fransiyaning Test DELF (Diplome d’Études en Langue Française — fransuz tilini o‘rganganligi to‘g‘risida) va DALF (Diplome Approfondi de Langue Française — fransuz tilini chuqur o‘rganganligi to‘g‘risida) diplomlarini, Japanese Language Proficiency Test Certificate (JLPT Certificate — yapon tilini chuqur o‘rganganligi to‘g‘risida) sertifikati berish amaliyoti joriy etiladi.
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025