iPhone 13 rekord darajada yupqa bo‘ladi

Fan-texnika 19:08 / 22.07.2020 8120

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Apple an'anaviy OLED-panellardan voz kechadi va integratsiyalashgan sensor qatlamga ega OLED-ekranlardan foydalanadi.

Bu smartfonning old qismidagi komponentlar miqdorini kamaytirish va iPhone tannarxini pasaytirish imkonini beradi. Mutaxassislarning qayd qilishicha, yangi smartfonlarning displeyi rekord darajada yupqa bo‘ladi, bu esa devaysning gabaritlariga ham ta'sir ko‘rsatadi. Bunda Apple bo‘sh qolgan sathdan yangi komponentlarni joylashtirish uchun foydalanishi mumkin. 

Jurnalistlarning bashoratiga ko‘ra, kompaniya smartfonlar narxini tushirmaydi, biroq iPhone 13 yangi turdagi displeyning tatbiq qilinishidan qimmatlamaydi. Katta ehtimol bilan OLED-ekranlarni Samsung kompaniyasi ishlab chiqaradi.

2020 yil oxirigacha iPhone smartfonlarining bir necha turini taqdim qilishi kutilmoqda. Ularning barchasi OLED-ekran va 5G tarmoqlarida ishlash texnologiyasiga ega bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilish joizki, Apple  tarixidagi eng yupqa smartfon 6,9 mm qalinlikka ega iPhone 6 hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: