Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentyabrdan davlat organlari va hokimliklar jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibi joriy etiladi
Davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab yarim yillik va yillik faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibi joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 iyuldagi «Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilanishicha, hisobotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak.
Yana bir muhim jihat: hisobot jamoatchilikka tushunarli shaklda, oddiy va ravon tilda taqdim etilishi lozim hamda joylashtirilgan hisobotlardagi ma'lumotlarga ularni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilinishi shart.
Hukumat qarorining ilovasida ko‘rsatilgan “Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibi to‘g‘risida” nizomiga muvofiq rasmiy hisobotni taqdim etish tartibi belgilangan. Hisobot mazkur nizomga ko‘ra uch bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich – hisobot yakunlagan kundan e'tiboran 10 kun muddatda davlat organi va tashkilotning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messenjerlardagi rasmiy sahifalarida joylashtiradi.
2-bosqich – hisobot haqidagi xabarnoma markaziy (xududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va davlat organlarining va tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messejyerlardagi akkauntlarda tadbir rejalashtirilayotgan kundan kamida 10 kun oldin e'lon qilinadi.
3-bosqich – hisobot yakunlagan kundan e'tiboran 30 kun muddatda bevosita taqdim etish maqsadida rasmiy veb-saytda hamda ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar orqali brifing, matbuot konferensiyalarining onlayn translatsiyalari tashkil etiladi va uning natijalari tahlil qilinadi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjatning qabul qilinishi elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirishga, davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligini ta'minlashga zamin yaratishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40
-
Olmaota shahrining yuqori qismlarida ko‘p qavatli turar joylar qurishga moratoriy joriy etiladi
Ko‘chmas mulk | 16:39
-
Endi «beshtalik»dagi oliygohlarga kirolmagan abituriyentda oltinchi imkoniyat ham paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 16:31
-
Ikki oyda 73 ming o‘zbekistonlik o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqladi
Iqtisodiyot | 16:26
Mavzuga oid

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

21:23 / 21.04.2025
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi

19:41 / 26.01.2018
Davlat organlari va xususiy sektor hamkorligi mexanizmlari muhokama qilindi

09:25 / 23.01.2018