Venkon yangi elektron hujjatlar almashuvi tizimni taqdim etdi

Fan-texnika 09:25 / 23.01.2018 11669

Mamlakatimizda biznes jarayonlarini avtomatlashtirish sohasida faoliyat olib boradigan Venkon kompaniyasi 2018 yilning 18 yanvar kuni yangi Didox  deb nomlangan elektron hujjatlar almashuvini ta'minlovchi tizimni ommaga taqdim etdi. 
Ushbu servis xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar orasidagi munosabatlarda muhim o‘rin egallovchi   hisob-varaqalari almashuvi jarayonini soddalashtiradi. Endilikda,  hisob-varaqalar almashuvini imzo chekilgan qog‘oz ko‘rinishda emas, balki elektron tarzda juda osonlik bilan amalga oshirish mumkin. Hujjatlar almashuvi bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha harakatlar Didox tizimida yuridik kuchga ega va qonun doirasida. 

«Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun asosida ishlaydigan ushbu tizim uch qadamda hujjatlar almashuvini amalga oshirishga imkon beradi.

1-qadam:

Hisob-varaqaning shaklini to‘ldirish 

2-qadam: 

Elektron raqamli imzo qo‘yish orqali uning yuridik kuchini ta'minlash 

3-qadam:

Didox tizimi orqali hamkorga yuborish 

Bu uch qadamni amalga oshirishga 3 daqiqa vaqt ketadi. 

Didox  tizimida barcha hujjatlarning saqlanishi va himoyasiga alohida e'tibor qaratilgan. Amaliyotlar maxsus bulutli tizimda olib borilishi hujjatlarni turli kutilmagan ofatlar yoki baxtsiz hodisalardan asraydi. Foydalanuvchi qayerda va qachon bo‘lmasin o‘z xujjatlaridan foydalana oladi. Hisobchilar uchun yana bir qulaylik shunda-ki, tizimdan foydalanuvchilar 1S dasturidan (www.venkon.uz)  chiqmay turib, to‘g‘ridan to‘g‘ri hisob- varaqalarni yuborishi va qabul qilishi mumkin. 

Tizim ixtirochilarining ta'kidlashicha, Didox tizimining foydalanuvchilari hujjat almashuvi jarayoniga sarf qiladigan xarajatlarni 85% gacha qisqartirishi mumkin. 
Ushbu tizimdan foydalanishni hoziroq didox.uz sayti orqali boshlash mumkin. 
Bugungi kunda, turli korxonalarda hamkorlar bilan hujjatlar almashuvi jarayoniga juda ham ko‘p vaqt va xarajat sarf etilayotgani hech kimga sir emas. Turli tadqiqotlarga ko‘ra,  mutaxassislar 50 foizgacha vaqtini turli hujjatlarni qog‘ozga ko‘chirish, qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarni izlash va hamkorlar bilan imzolash jarayoniga ketkazar ekan. Bundan tashqari, korxonalar qog‘ozli hisob-varaqalarni hamkorlarga yetkazish va ularni imzolangan holatda qaytarib olish jarayoniga katta pul sarf qiladilar, ayniqsa agar hamkorlar boshqa viloyat yoki shaharda joylashgan bo‘lishsa, bu ish yanada qiyinlashib boradi. Didox tizimi korxonalarni va hisobchi mutaxassislarni bu boradagi muammolarini hal etishga ko‘maklashadi.    

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: