Xabarovskda hibsga olingan gubernatorni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘n minglab kishilar yana namoyishga chiqdi
Xabarovskda qotilliklarga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan o‘lka gubernatori Sergey Furgalni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘n minglab kishilar namoyish o‘tkazdi.

Foto: forbes.ru
Xabarovsk o‘lkasi gubernatori maslahatchisi Zaxar Sinyagovskiyning ta'kidlashicha, mitingda 30 mingdan 50 minggacha kishi qatnashgan. Xabarovsk ma'muriyatining ma'lumotiga ko‘ra esa, aksiyada 10 minggacha kishi qatnashgan.
V Xabarovske s frazy "poydyomte progulyayemsya" nachalos novoye shestviye po ulitsam goroda. Podderjat nashu rabotu vy mojyete po ssylke https://t.co/4bIA6gx3yh pic.twitter.com/5WLuS7Ag5s
— IA Zakon (@zakon_agency) July 18, 2020
Namoyishchilar o‘lka hukumati binosi yaqinidagi maydonga to‘plangan. Ular «Ozodlik!», «Furgal — bizning tanlovimiz!», «Men, biz, u — butun mamlakat Furgal uchun!» deya xitob qilgan. To‘planganlar Furgal ustidan sud Xabarovskda o‘tishini hamda ochiq va odilona o‘tishini talab qilgan.
Vladivostokda ham Furgalni qo‘llab-quvvatlab bir necha yuz kishi namoyish o‘tkazdi, deb xabar berdi dvhab.ru portali.
Furgalni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar bir haftadan beri davom etmoqda. Namoyishlar gubernator qo‘lga olingan 9 iyul kunidan boshlangan.
Sergey Furgalga qotillikka urinish va 2004-2005 yillarda tadbirkorlarning o‘ldirilishini tashkillashtirish ayblovlari qo‘yilgan.
Mavzuga oid

12:20 / 04.10.2024
Xabarovsk teatridagi yong‘indan keyin migrantlar qo‘lga olindi

08:33 / 27.04.2024
Rossiyada «Ya/My Sergey Furgal» harakati «terrorchilar» ro‘yxatiga kiritildi

12:24 / 28.03.2024
Xabarovskda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi

09:56 / 29.08.2023