40 yoshdan oshgan xodimlar yoshlarga nisbatan aqlliroq va kreativroq bo‘lishadi - Harvard olimlari

Light 15:19 / 17.07.2020 11518

Bunga sabab milleniallar kamroq ish haqi uchun ko‘proq ishlashga rozi bo‘lishlari, deb tushuntirilmoqda. Biroq, bunday yoshlarga yopishtirilgan stereotipga ko‘ra, ularning aqli X-avlod va beybibumerlar (1940-1959 yillarda tug‘ilganlar)ga nisbatan teranroq.

Bu stereotipni 13 yil avval Mark Tsukerberg «yosh yigitlar shunchaki aqlli», deya bexijolat mustahkamlagan-qo‘ygan.

Darhaqiqat, aqliy faoliyatning ayrim ko‘rinishlari borki, ular yoshlikda o‘zining cho‘qqisiga chiqadi. Masalan, qisqa vaqt ichida katta hajmdagi yangi axborotni qabul qilish imkoniyati.

Biroq, Harvarddagi olimlarning isbotlashicha — X-avlod vakillari ustidan chiziq tortishga shoshmaslik kerak. 40 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan (va undan katta) xodimlar aqliy faoliyatining kamida uchta sohasida boshqa avlod vakillaridan o‘zishi mumkin, deb yozmoqda Inc.com.

Matematika

Arifmetik masalalarni yechish qobiliyati yosh o‘tgan sari kengayadi. Bir qaraganda xayolda tezgina hisob-kitob qilish qobiliyati befoyda ustunlikdek ko‘rinadi. Biroq, inson bir necha soniya ichida bir nechta yirik sonni qo‘sha olsa, demak u boshqalarga nisbatan statistika va raqamlarga bog‘liq faktlar bilan yaxshi ishlay oladi. Bunday xodim katta ehtimollik bilan, aytaylik, ish bilan bog‘liq jadvallarda ochiq xatolarni topa oladi.

Masalaning mohiyatigacha yetib borish

Faqat 50 yoshga yaqinlashgan va oshgan keng fanlar doirasi bo‘yicha ko‘plab foydali bilimlarga ega bo‘ladi. Ularda murakkab o‘zaro bog‘liqliklarni yaxshiroq anglash imkoniyati paydo bo‘ladi va asosiysi — ular haqida boshqalarga tushunarli qilib hikoya qilib bera olishadi. Bu katta avlod vakillari o‘zlarining yosh hamkasblariga nisbatan yaxshiroq murabbiy bo‘la olishini tushuntira oladi. Garchi yoshlar o‘z ishining haqiqiy va tengsiz ustasi bo‘lsa ham.

Ijod va kreativlik

Shubhasiz, tarixda odamlar o‘zining eng yaxshi asarlarini yoshlik chog‘ida yaratganiga misollar mo‘l. Biroq aynan katta avlod vakillari yanada ijodkorroq bo‘lishlari oydinlashmoqda. Ijodiy salohiyat innovatsiyalar manbayi bo‘lgani sababli, global raqobat sharoitida o‘z pozitsiyalarini saqlab qolmoqchi bo‘lgan kompaniyalar 40 yoshdan oshgan nomzodlarga diqqatliroq bo‘lishlari kerak. X-avlod va beybibumerlarni hisobdan chiqarib tashlash kerak emas, deyishmoqda olimlar.

Avvalroq Inc. milleniallar o‘zidan avvalgi avlod — beybibumerlarga nisbatan salomatligini tezroq yo‘qotayotgani haqida ma'lumot bergan edi. Yoshlar orasida o‘lim darajasi ularning ota-onalarining shu yoshiga nisbatan 40 foizga ko‘proqdir.

Ko‘proq yangiliklar: