Samsung 6G texnologiyalar ustida ish boshladi

Fan-texnika 22:52 / 16.07.2020 7117

5-avlod tarmoqlari – bu mijozlarni faqat Netflix singari salmoqli kontentga ega ko‘ngilochar servislar bilan ta'minlaydigan tezkor internet emas. 5G tarmog‘ining yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyati meditsina va sun'iy intellektdan tortib to kosmosni egallash sohalarida yangi imkoniyatlarni ochib beradi. 4G tarmog‘iga nisbatan bog‘lanish tezligining barqarorligi 10 barobar yuqori bo‘ladi. Biroq, korporatsiyalar va ilg‘or texnologiyaga ega mamlakatlar 5G imkoniyatlarini tez orada yetarli bo‘lmay qolishini bashorat qilishmoqda. Samsung rahbariyati ham shunday fikrda, ular shu o‘n yillikning oxiriga qadar 6G evaziga kompaniya kapitalini oshirishni rejalashtirishmoqda.

Birinchi navbatda 6-avlod tarmog‘i mijozlarga, avtonom avtomobillarga va innovatsion texnologiyalarga taqdim etiladi. Kompaniya 3ta yo‘nalishni alohida ajratib oldi: aralash voqelik (XR), yuqori sifatli mobil gologrammalar va raqamli nusxalar, deb xabar beradi Zdnet.

6G tarmog‘iga qo‘yiladigan talablar uchta — samaradorlik, arxitektura va ishonchlilik. Tarmoqning taxminiy tezligi 1000 Gbit/s, kechikish esa 100 mikrosekunddan kamroq bo‘ladi. 5G tarmog‘iga nisbatan tezlik 50 barobar yuqori, latentlik esa 90 foizdan kam bo‘ladi.

6G tarmog‘ining kundalik hayotga tadbiq etilishi uchun yangi arxitektura talablari qo‘yiladi. Unga yangi smartfonlar, 6G antennalar, yangi diapazon chastotalar kiradi.

Samsung rejasiga ko‘ra, 6G tarmog‘ining 2028 yilda ishga tushirilishi – ijobiy ssenariy hisoblanadi. U qayta ko‘rib chiqilishi ham mumkin. Agar hammasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, tijorat tarmog‘i 2030 yilda ishga tushiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: