Sergeli tuman kasb-hunar maktabi 9-sinf bitiruvchilarini o‘qishga taklif etadi

O‘zbekiston 09:45 / 15.07.2020 2515

Sergeli tuman kasb-hunar maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-sentyabrdagi “Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan. Kasb-hunar maktabida xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta'lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 2 yillik umumta'lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta'lim shaklida kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek mazkur Farmonga asosan kasb-hunar maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta'minlanadi.

Sergeli tuman kasb-hunar maktabi 2020-2021 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘qishga taklif qiladi. Kasb-hunar maktabida mavjud yo‘nalishlar va kasblar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

Telegram: t.me/sergelitumankasbhunarmaktabi

Kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari kasb.edu.uz onlayn platformasi orqali amalga oshiriladi.

Sergeli tuman kasb-hunar maktabi quyidagi manzilda joylashgan:

Toshkent shahri, Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 50-uy.

Ma'lumot uchun: 71 290-60-07, 71 290-61-11, 97 422-02-08, 97 778-02-48

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: