Qirg‘iziston dori-darmonlar narxini cheklay olmadi

Jahon 17:01 / 15.07.2020 6016

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining dori-darmon ta'minoti sohasidagi narxlarni monitoring qilish bo‘limi mudiri Oysha Sulaymanova gapirib berdi.

«2019 yilda Qirg‘izistonda dori-darmonlar narxini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik qoidalar joriy qilingan edi. Ular 2020 yil yanvar oyidan kuchga kirdi. 

Ammo pandemiya, chegaralarning yopilishi, dunyo valutalaridan biri kursining barqaror emasligi tufayli murakkab vaziyat yuzaga keldi. Qirg‘iziston esa importga bog‘liq mamlakat hisoblanadi. Bugungi kunda dori-darmonlarning 97-98 foizi yaqin va uzoq xorijdan keltirilmoqda. Shu omillar dori-darmonlar narxini chegaralashga monelik qildi», — dedi Oysha Sulaymanova.

Mudirning ta'kidlashicha, qoidalarni joriy qilishdan oldin valutalar kursidagi ehtimoliy o‘zgarishlar inobatga olinmagan. Shu tufayli ishchi guruhi ularning yangi variantini tayyorlagan. Hozirgi vaqtda qoidalar hukumat bilan kelishib olish jarayonidan o‘tmoqda.

«Yangi qoidalarni kelishib olish jarayoni yakuniy bosqichda turibdi. Bu qarorda majburiy tibbiy sug‘urta dasturi va davlat kafolati dasturi doirasida beriladigan dori-darmonlar ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari narxini tartibga solish haqida gap ketadi. Ha, ro‘yxatda koronavirusni davolashda ishlatiladigan ba'zi dori-darmonlar bor, lekin hammasi emas. 

Ikki hafta oldin biz COVID-19 kasalligini davolashda ishlatiladigan dori-darmonlar ro‘yxatini aniqlab oldik, ammo buning dori-darmonlar narxini vaqtinchalik tartibga solinishi haqidagi qarorga aloqasi yo‘q», — deb yakunladi Oysha Sulaymanova.

Ko‘proq yangiliklar: