O‘zbek olimlari xitoylik hamkasblari bilan antiseptik vosita ishlab chiqishning yangi texnologiyasini yaratdi

O‘zbekiston 10:28 / 15.07.2020 9073

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining yozishicha, ushbu ishlanmadan tibbiyotda (antiseptik vosita) va qishloq xo‘jaligida ekinlarning fitopatogen zamburug‘lariga qarshi kurashda foydalanish mumkin.

Bakteriya polisaxaridlariga nanozarralarini kiritish orqali yangi nanobiomateriallar olish borasida har ikki institut hamkorligida 2012–2018 yillar davomida qator ilmiy loyihalar bajarildi. Bakteriya polisaxaridlari nanotexnologiyada matritsa sifatida qo‘llaniladigan boshqa vositalarga qaraganda inson tanasiga zararli ta'sir ko‘rsatmasligi sababli tarkibida nanozarralar saqlagan nanobiomateriallar olishda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida ham tadqiqotchilar aynan bakteriya biopolimerlaridan foydalanishdi.

Bunday turdagi nanobiomateriallarning yana bir muhim xususiyati ularning viruslarga qarshi tez va samarali ta'sir eta olishidir. Hozirda nanozarralarning viruslarga qarshi qo‘llashni tadqiq etish uchun loyiha muhokama qilinmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: