Mamlakat Facebook va Amazon uchun ham muhim hisoblanadi. Shu yilning aprelida Facebook Hindistonning Jio Platforms aloqa operatoriga 5,7 mlrd dollar sarmoya kiritgan bo‘lsa, Amazon kichik va o‘rta biznesga yordam berish uchun 1 mlrd dollar yo‘naltirishini e'lon qilgan.
Google rahbari Sundar Pichai Hindistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 10 mlrd dollar hajmidagi Google for India jamg‘armasi tuzilganini e'lon qildi. Dastur besh-yetti yilga mo‘ljallangan.
Kompaniya to‘rtta yo‘nalish: aholining o‘z ona tilida axborotga ega bo‘lishi, Hindistonning o‘ziga xos talablariga mos keluvchi mahsulot va xizmatlar yaratish, sog‘liqni saqlash, ta'lim, qishloq xo‘jaligida sun'iy ongdan foydalanish va biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun sarmoya kiritadi.
Google Hindiston hukumati va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
Hindiston Google mahsulotlari uchun asosiy bozor hisoblanadi. Mamlakatda internetdan faol foydalanuvchilar soni 500 milliondan oshadi, 450 milliondan ortiq kishi internetga smartfon orqali kiradi.