Apple Samsung’ga 950 million dollar jarima to‘ladi

Fan-texnika 23:27 / 14.07.2020 14579

DSCC agentligi saytida ma'lum qilinishicha, tahlilchilar Janubiy Koreya kompaniyasining 2020 yil 2-choragi uchun hisobotini o‘rganib chiqib, uning bu chorakdagi tushumini 64 mlrd dollarga baholashgan. Mutaxassislar Janubiy Koreyaning The Elec nashrining koreys kompaniyasi tushumiga Apple to‘lab bergan 900 mln dollar ham kiritilgani haqidagi ma'lumotini tekshirishgan. DSCC’ning baholashicha, jarima miqdori aslida 950 mln dollarga yaqinni tashkil qilgan. 

AQSh kompaniyasi Samsung’ga undan kelishuvda ko‘rsatilgandan kamroq miqdorda OLED-panel xarid qilgani uchun jarima to‘lagan. Tahlilchilarning ta'kidlashicha, Apple 2020 yil boshida smartfonlar bozorida talab pasaygani sababli kamroq miqdorda butlovchi qismlar xarid qilishga majbur bo‘lgan.

Hisobotda ta'kidlanishicha, Apple o‘z tomonidan majburiyatlarning bajarilmagani uchun birinchi marta jarima to‘lashi emas. 2019 yilda kompaniya Samsung’dan ishlab chiqarilgan barcha OLED-panelni sotib olmagani uchun unga 683 mln dollar jarima to‘lagan.

Ko‘proq yangiliklar: